Ukrainaning taşqi işlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lum qilişiça, har yili mamlakatdan bir millionga yaqin ukrainaliklar çiqib ketmoqda. Bu haqda u ICTV telekanali efirida aytib ötdi.
«Bizda haqiqatdan falokatli vaziyat - har yili taxminan bir millionga yaqin ukrainaliklar mamlakat tark etmoqda», - deya aytib ötdi Klimkin.
Şu bilan birga, vazirning sözlariga köra, uşbu tendensiya yaqin vaqt içida saqlanib qoladi. Şuningdek, Klimkinning ta'kidlaşiça, faqatgina Polşada 1,4 mln ukrainalik istiqomat qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pavel Klimkin Ukraina hududida NATO bazalari joylaştirilişi mumkinligi haqidagi savolga javob bergandi.
Uning ma'lum qilişiça, Ukraina NATO va Yevropa ittifoqiga a'zo bölişidan oldin Konstitutsiyani özgartiradi. Uning sözlariga köra, konstitutsiyaviy tuzatişlarda mamlakat hududida harbiy bazalarni joylaştiriş masalasi «belgilab beriladi».
















