Jamiyat | 07:49 / 04.09.2018
75550
2 daqiqa o‘qiladi

Video: 5 mln 300 ming dollarni chegaradan olib o‘tayotgan kurerlar qo‘lga olindi

Prezidentning 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el valyutasi bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirishni va noqonuniy pul o‘tkazmalarini bartaraf etish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilyapti.

“O‘zbekiston 24” telekanali efirida berilgan lavhada aytilishicha, joriy yilning 27 avgustidan 28 avgustiga o‘tar kechasi Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan noqonuniy pul olib chiqib ketish kanallarini to‘xtatish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada, Yangiqo‘rg‘on tumani Gaznon aholi punktining O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegara oldi hududida “Kobalt” va “Lasetti” avtomashinalariga yuklangan yirik miqdordagi xorijiy valyutani Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tishni rejalashtirgan L.M., O.M. va N.M.dan iborat uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushlab qolingan xorijiy valyutaning umumiy miqdori qariyb 5 mln 300 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Bu pullar Toshkent shahri, Qo‘qon shahri va Namangan viloyatida ish olib boruvchi yashirin iqtisodiyot vakillariga tegishli bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tergov bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid