15:20 / 05.09.2018
30565

Amerikaliklar Nike krossovkalarini yoqishmoqda. Barchasi Kapernik tufayli

Shu kunlarda tvitterda #JustBurnIt heshtegi ommalashdi. Ayniqsa AQShda odamlar bu heshtegni ilova qilgan holda sahifalariga Nike firmasiga tegishli krossovkalarini yoqishayotgani tasvirlangan video va suratlar joylashmoqda.

Nike ishlab chiqargan paypoqlarini yirtib suratini shunday heshteg bilan dunyoga tarqatayotganlar ham uchrab turibdi.

Xo‘sh, mashhur Nike firmasi nima ish qildiki, amerikaliklarning bu qadar nafratiga sabab bo‘ldi?

Xullas, hammasi aslida 2016 yilda boshlangandi. Amerikalik mashhur futbolchi (amerikancha futbol nazarda tutilmoqda - tahr.) Kolin Kapernik 2016 yilgi o‘yinlardan birida g‘alati ishga qo‘l uradi. U o‘yindan oldin AQSh madhiyasi yangrayotganda o‘rnidan turmaydi va shu tarzda mamlakatdagi qora tanli afroamerikaliklarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishayotganiga norozilik bildiradi.

Foto: Thearon W. Henderson / Getty Images

Kapernikning bu «isyoni» qolgan afroamerikalik futbolchilar orasida mashhur bo‘lib ketadi. Bu mojarolardan keyin Nike o‘z reklamalariga Kolin Kapernikni chiqarmay qo‘yadi. Kompaniya futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi. Uni hech bir klub o‘z safida ko‘rishni istamaydi. Chunki AQShda ko‘pchilikni tashkil etadigan millatchilar qatlami mamlakat madhiyasini hurmat qilmagan Kapernikdan nafratlanib qolishgandi.

Yaqinda Nike Kapernik ko‘pchilikning yodidan chiqib ketgan degan xayol bilan uni yana kompaniya maxsulotlari reklamasiga jalb qiladi. Nike shu kunlarda mashhur shiori «Just Do It»ning 30 yilligini nishonlamoqda. Kapernik aynan mana shu shior reklamasida qatnashadi. Kolindan tashqari Nike qator qora tanli sportchilar, jumladan, Lebron Jyeyms va Serena Uilyamsni ham «Just Do It» reklamalariga jalb qildi.

Mamlakat madhiyasini hurmat qilmaydigan sportchining reklamaga olib chiqilishi esa amerikaliklarga yoqmaydi. Shu sabab ular «Just Do It»ning yubileyi davom etayotgan bir vaqtda Nike'ning mashhur shioriga qiyofadosh tarzda #JustBurnIt (Tezda yoqib yubor) heshtegini ommalashtirishadi. Kapernik va yoqish so‘zlari esa bizga beixtiyor 15-16-asrlarda yashab o‘tgan olim Nikolay Kopernikni eslatadi. Kopernikni yoqib o‘ldirishmaydi, lekin u kabi ko‘plab olimlarni yoqish o‘sha vaqtda tez-tez kuzatilgan.

Mavzuga oid
Top