Jamiyat | 14:19 / 05.09.2018
10853
2 daqiqa o‘qiladi

Oltinko‘lning «Oq tepa» va «Bo‘ston» mahallalari «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha yangi qiyofa kasb etdi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanining “Oq tepa” va “Bo‘ston” mahallalarida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha keng ko‘lamda qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Har ikki mahalla yo‘llariga shag‘al, asfalt yotqizilib, ta'mirlandi. Ko‘chalarga zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi.

Bayram kunlarida mukammal ta'mirdan chiqqan 42- maktab va 17-maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilishi munosabati bilan “Oqtepa” mahallasida tantanali tadbir uyushtirildi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

17-maktabgacha ta'lim muassasa binosi talabga javob bermay qolgan edi. Ta'lim dargohi dastur doirasida ta'mirdan chiqarildi. Zamonaviy jihozlar keltirildi. Hatto poli ham isiydigan muassasada kichkintoylar va pedagog xodimlar uchun yetarli shart-sharoitlar bor. Mahallada davlat tasarrufidagi va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini yana bittadan ko‘paytirish choralari ko‘rilgan.

1979 yilda qurilgan 42-o‘rtata'lim maktabida ta'mirlash ishlariga 1 milliard 300 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabda 42 nafar pedagogik jamoa mehnat qiladi. Quruvchilar o‘z vazifalarini qisqa fursatlarda yakunlab, eshik-derazalarni zamonaviysiga alishtirishdi, isitish tizimi yangilandi, obodonlashtirildi.

Maktabda ta'mirlash ishlariga 1 milliard 300 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabda 42 nafar pedagogik jamoa mehnat qiladi.

Elmurod Ermatov, Andijon

KUN.UZ muxbiri

Mavzuga oid