O‘zbekiston Misrga qator mahsulotlarni eksport qilishga tayyorligini bildirdi
O‘zbekiston va Misr prezidentlarining keng doiradagi muzokaralarida savdo-sotiq va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shu maqsadda mamlakatlar imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish masalalari muhokama markazida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha katta imkoniyat va zaxiralar borligini ta'kidladi. O‘zaro savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar va xizmatlar eksportini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.
O‘zbekiston Misr bozorida talab yuqori bo‘lgan elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga tayyorligini bildirdi.
Misr O‘zbekistonga dori-darmon, tibbiyot jihozlari, mebellar, neft-kimyo mahsulotlari, marmar, teri va plastik mahsulotlari yetkazib berish hamda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini taklif qildi.
Bu boradagi loyihalar va ularni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qilish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya ishini faollashtirish, O‘zbekiston – Misr ishbilarmonlar kengashini tashkil etishga kelishib olindi. Eksport qilishda transport xarajatlarini kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
10:00 / 31.10.2024