Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l va o‘rmon oralig‘idagi maydonda ancha yirik bo‘lgan kenguru o‘tirgan.
«Maydonda haqiqiy tirik kenguru o‘tirgandi», - deya tasdiqladi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Ta'kidlanishicha, politsiya okrugda joylashgan hayvonot bog‘lari egalari bilan bog‘langan, ammo hech kim kenguru yo‘qolgani haqida aytmagan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy rasmiylar «chalkashib ketgan» va hayvon qayerdan paydo bo‘lganini tushunishmayapti.










