«GM Uzbekistan» AJ mexanik uzatmali «Spark» avtomobilini işlab çiqariş hajmini oşirmoqda. Bu haqda kompaniya saytidagi xabarda aytiladi.

Avvalroq, «GM Uzbekistan» AJ işlab çiqarilayotgan avtomobillar savdosi qayta yölga qöyilişi bilan xaridorlar tomonidan kelib tuşayotgan arizalar inobatga olinib, kompaniya tomonidan bozor talablarini qondiriş maqsadida talabgir avtomobillar işlab çiqariş hajmi oşirilişini ma'lum qilgandi. 

«Mijozlar istagi va bozorning ijobiy tendensiyalarini inobatga olib, biz mexanik uzatmali «Spark» avtomobili işlab çiqariş hajmini 6 223 dan 19 993 donagaça oşiryapmiz. Kompaniya xaridorlarning talablarini qondiriş va barça ariza va takliflarga ijobiy javob beriş, şuningdek qulay şartnoma tuziş uçun barça şaroitlarni yaratiş uçun barça zaruriy çoralarni amalga oşiradi. Sabringiz uçun minnatdormiz!», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Özavtosanoat» ogohlantiriş bilan çiqqandi.