«Özavtosanoat» AJ avtomobil sanoatida kompaniya nomi va yangi yönalişini, şuningdek vijdonan faoliyat yuritayotgan fidoyi xodimlarining şa'niga doğ tuşirayotgan ayrim xodimlarning noqonuniy harakatlarini qoralaydi. Bu haqda kompaniyaning GM Uzbekistan saytida e'lon qilingan bayonotida aytiladi.

«Ana şunday «uddaburon» kişilarning korrupsiya tizimlarini foş qiliş va tugatişni boşidanoq uddasidan çiqyapmiz. Uşbu yönalişda kompaniya Özbekiston Boş prokuraturasi bilan hamkorlik qilişini, şuningdek, qonunbuzarlik holatlaridan bizni vaqtida ogoh qiluvçi faol va vijdonli fuqarolarga minnatdorçilik bildiradi», - deyiladi bayonotda.

Qayd etilişiça, turli vajlar bilan GM avtomobillarini xarid qiliş çoğida qöşimça pul mablağlarini talab qiliş holatlari yuzaga kelganda, zudlik bilan (+99871) 141-77-77 raqamlari orqali kompaniyaning yangi call-markaziga murojaat qiliş söraladi. 

Şuningdek bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali avtomobillarini yetkaziş muddati keçikayotgani haqida yolğon ma'lumotlarni tarqatayotgan soxta akkauntlar ham köpaya boşlagani ma'lum qilingan. Kompaniya saytida kunlik ravişda yangilanayotgan rasmiy röyxatga asosan, ana şunday odamlarning postida börttirilib körsatilayotgan avtomobil yetkazilişining aniq muddatlarini aniqlaş mumkin. 

«Ijtimoiy tarmoqlarda şu kabi postlarga duç kelgan taqdiringizda uşbu ma'lumotlarga işonmasligingizni va faqatgina kompaniyaning rasmiy manbalariga murojaat qilişingizni söraymiz.

Kompaniya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölayotgan soxta xabarlar sinçkovlik bilan örganilmoqda. Kompaniya obrösiga putur yetkazadigan böhton tarqatiş bilan şuğullanadigan internet-foydalanuvçilari töğrisidagi ma'lumot, tegişli huquq-tartibot organlariga yetkaziladi.

Şuningdek dilerlik markazlarining qonun buziliş holatlarini aniqlagan va uni tekşirilgan faktlar bilan tasdiqlagan fuqarolar kompaniya tomonidan maxsus bonuslar bilan taqdirlanadi», - deyiladi bayonotda.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Özavtosanoat»ning 2017 yildagi sof daromadi miqdori ma'lum bölgandi.