22-23 sentabr kunlari Toshkent shahrining "Saylgoh" ko‘chasida (sobiq "Brodvey") birinchi "O‘zbekiston suvenirlari" ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ko‘rgazma-yarmarka hunarmandlar va xalq ustalarini rag‘batlantirish, suvenir mahsulotlar assortimentini kengaytirishga yo‘naltirilgan. 

Ko‘rgazmada milliy libos va bezaklar namoyishi, milliy sport turlariga oid tomoshalar, qo‘g‘irchoq teatrining chiqishlari, o‘zbek an'anaviy va xalq musiqa hamda raqslari ijrosi, milliy taomlar degustatsiyasidan zavq olish mumkin.