Toşkent xalqaro aeroportiga tutaşgan 1,5 ga hududda Saudiya Arabistonining “Silk Valley commercial services LTD” investori tomonidan 4 yulduzli mehmonxona, rezidents-otel, biznes markazi, savdo, fitnes va yengil turdagi qahvaxonalar quriş böyiça loyiha taklif etildi, deb yozmoqda ÖzA.

Uşbu loyiha taklifi Toşkent şahar hokimiyatida ötgan “oçiq eşiklar kuni” tadbirida muhokama qilindi. 

Toşkent şahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxöjayev investorga Toşkent şahar, Sergeli tumani Bobur köçasi, Islom Karimov nomidagi Toşkent Xalqaro aeroportiga tutaş hududdan 1,5 ga yer ajratilişi uçun investor mazkur tumanda 380 örinlik bolalar boğçasi qurib berişi kerakligi va Özbekistonda hisob-raqam oçib, unga 1 mln. AQŞ dollari miqdorida pul mablaği qöyişi lozimligini ta'kidladi. Şuningdek, uşbu loyihani amalga oşiriş uçun investorlar tomonidan ajratilayotgan mablağ biroz kamligini aytib ötdi hamda loyiha doirasida mazkur hududda avtomobillar uçun köp qavatli turargoh qurilişi ham közda tutilişi kerakligi aytildi. 

J. Ortiqxöjayevning sözlariga köra, mazkur hududda mehmonxona va boşqa xizmat körsatiş obektlarini quriş loyihasi avvaliga konkurs asosida mahalliy tadbirkorlar uçun ham taklif etiladi. Talabgorlar maxsus komissiya tomonidan örganilib çiqilgaç, yer hududi investor yoki mahalliy tadbirkorlar uçun ajratib beriladi. 

“Toşkentning markaziy va daromadli biznes qiliş imkoniyati bor hududlarini barça çet ellik investorlarga berib yuboriş ham örinli emas. Biz avval mazkur joylarga özimizdagi mahalliy tadbirkorlarda ham talab bor-yöqligini örganişimiz lozim. Ularga ham imkoniyat berilişi şart”, deydi Toşkent şahar hokimi v.b.