Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ko‘pkari terma jamoasi Qozog‘istonni turnirdan chiqarib yubordi
Foto: kaktus.media
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida uloq ko‘pkari bahslarida O‘zbekiston ko‘pkari bo‘yicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston ko‘pkari jamoasi 6 sentabr kuni turnirning asosiy favoriti Qozog‘iston ko‘pkari terma jamoasi bilan bahs o‘tkazib, 5:4 hisobida g‘alabaga erishdi.
Endi o‘zbekistonlik uloqchilar finalda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Mezbonlar yarim finalda Rossiya nomidan qatnashayotgan Moskva viloyati termasi ustidan 25:3 hisobida g‘alabaga erishgan.
Qayd etish kerakki, Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni hisoblanardi, O‘zbekiston jamoasi esa shu vaqtgacha hech bir xalqaro turnirda final bosqichiga yo‘l olmagandi. Qozog‘iston endi rossiyaliklar bilan uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.
Qozog‘iston termasi bir kunda ikki bahs o‘tkazib yarim finalga chiqqandi. Dastlab Rossiya nomidan qatnashayotgan boshqa bir jamoa, krasnoyarskliklar jamoasi 15:3 hisobida, keyin esa AQSh vakillari 20:9 hisobida mag‘lub etilgandi.
O‘zbekiston ko‘pkari jamoasi 3 sentabr kuni Boshqirdiston Respublikasi vakillarini 20:2 hisobida, 5 sentabr Fransiya jamoasini 19:6 hisobida mag‘lub etgan va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Ko‘pkari bo‘yicha musobaqaning sovrin jamg‘armasi 6 million 200 ming somni tashkil etadi.
Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida mezbonlar yaqqol yetakchilik qilishmoqda. Qirg‘iziston bugunga kelib 30 oltin, 25 kumush va 23 bronza jamg‘argan. Ikkinchi o‘rinda 16 oltin, 9 kumush va 18 bronza bilan Rossiya, uchinchi o‘rinda esa 11 oltin, 17 kumush va 21 bronza bilan Qozog‘iston joylashgan.
Mavzuga oid
18:27
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
18:03
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
14:16 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026