Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar Chilonzorda 22 ming 600 dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslarni qo‘lga olishdi
Valyutani nazorat qiluvchi organlardan biri sifatida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarining noqonuniy ravishda amalga oshirilishining oldini olish borasida muntazam chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan chet el valyutasi savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2 nafar fuqaro “Lasetti” avtomashinasi ichida 22 ming 600 AQSh dollarini 7950 so‘mdan hisoblab jami 179 mln 600 ming so‘mga sotishayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.
Tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olingan 22 ming 600 AQSh dollari mazkur holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan bayonnoma va boshqa protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish jismoniy shaxslar tomonidan vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
17:55 / 29.04.2026
Banklarga mijozlarga shikastlangan banknota berish taqiqlandi
22:14 / 20.04.2026