Stol o‘yinlari – do‘stlar bilan vaqtni chog‘ o‘tkazishning a'lo usuli. Biroq uzoq o‘tmishga ega stol o‘yinlari nafaqat ko‘ngilni xursand qiladi, balki aql uchun a'lo mashq sanaladi. Aqlni charxlaydigan 8 ta stol o‘yinini e'tiboringizga havola etamiz.

Foto: Pixabay

1.Shaxmat

Eng mashhur stol o‘yini: taxta, 32 ta dona va cheksiz strategik kenglik!

Shaxmatning kelib chiqishi borasida turli nazariyalar bor. Biroq Yevropaga u faqat X asrda yetib keldi. O‘yin XV asrdagina zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Shaxmatda kutilmaganlik omili yo‘q: bu sport, aqllar kurashi. Taxtadagi donalar holatini yaxshiroq tahlil etib, hodisalarning ehtimoldagi rivojini hisoblaydigan odamgina yutadi. Professional o‘yinchilarda bari juda murakkab: u yerda oldindan o‘nta yurish hisobi yuritiladi, minglab ehtimoldagi kombinatsiyalar bilan ishlanadi. Oddiy o‘yinchilar bunchalik oldinni ko‘ra olmaydi, biroq raqibning eng yaqin istiqboldagi harakatini aytib bera olish harakati ham miya «qaynashi»ning unutilmas daqiqalarini hadya qiladi.

2. Go

Go qadimda Xitoyda paydo bo‘ldi. Biroq o‘yin XX asrga kelib, dunyoda mashhurlik qozondi.

Bir qarashda, o‘yinning strategik salohiyati shaxmatga qaraganda kam. Inventar ham zerikarli: taxta va oq-qora toshlar – donalar. Agar maktabda nuqtalar o‘yinini o‘ynagan bo‘lsangiz, u holda asosiy tamoyil sizga ma'lum. O‘yinchi o‘z nuqtalari bilan iloji boricha kattaroq hududni chegaralashi kerak. Goda nuqtalar o‘rniga – toshlar. Ko‘plab qo‘shimcha qoidalar odatiy maktab mashg‘ulotini ancha murakkablashtiradi.

Umuman olganda, o‘yin qoidalari qiyin emas. Bir necha soat davomida o‘rganish natijasida o‘yin tamoyillarini tushunib olish mumkin. Hayotdagi bu kabi suv osti toshlarini anglash uchun odamlar butun hayotini sarflaydi.

3. Brij

Brijning ajdodi qarta o‘yini vint bo‘lib, XX asrning birinchi yarmida zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Brij – sport distsiplinasi sifatida tan olingan yagona qarta o‘yini. Bu tasodifan emas: bu yerdagi qoidalar oddiy emas. Ko‘pchilik odatiy qarta o‘yinlari bilan taqqoslaganda brijda partiya natijasi tasodifga juda kam darajada bog‘liq. Muvaffaqiyat asosida o‘yinchilar mohirligi yotadi.