9 sentabr kuni asli o‘zbekistonlik  "USM Holding" aksiyadorlik jamiyati ta'sischisi va rahbari, Rossiyadagi metallurgiya zavodi, "Kommersant" gazetasi kabi qator korxonalar egasi, Forbes'ning eng badavlat kishilar reytingida 31-o‘rinda qayd etiluvchi Alisher Usmonov o‘zining 65 yoshini qarshiladi. U dunyoda birinchi bo‘lib Internetning tijoriy salohiyatini ko‘ra bilgan va aksariyat milliarderlardan farqli o‘laroq, o‘z shaxsi atrofida ortiqcha shov-shuvlarsiz xayriya va metsenatlikka 2 milliard dollar kiritgan.

Foto: Bloomberg

Usmonovning loyihalari

Usmonov fondi tarixida bunday loyihalar talaygina. U Rossiya san'at ustalarining ko‘plab asarlarini boshqa mamlakatlardan ortga qaytargan. RF prezidenti Vladimir Putin va Papa Frantsisk tashabbusi aynan Alisher Usmonov tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan. Rafael, Karavadjo, Bellini asarlarini Rossiyaga qaytari, ularni sug‘urtalash - barcha-barchasi Usmonovning sa'y-harakatlari asosida amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, Alisher Usmonovning fondi ko‘zi ojiz bolalar va o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlovchi dasturlarni amalga oshiradi: turli shaharlardagi moslashtirilgan teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil qilish, shuningdek reabilitatsion imkoniyatlar shular jumlasidandir. Rossiya va xorijlik oftalmologlarning "Bionik ko‘z" nomli qo‘shma loyihasi esa ko‘rishni orzu qilayotgan qanchadan-qancha bolalarga ko‘rish qobiliyatini qaytardi.

Bundan tashqari, Alisher Usmonov 2014 yilda Christie's kimoshdi savdosida amerikalik olim Jyeyms Uotsonning Nobel medalini sotib olib, uni Rossiya Fanlar akademiyasiga mukofotni egasiga qaytarishlari uchun topshirgan. Uotson moliyaviy ehtiyojlari sabab medalni sotishga majbur bo‘lgandi.

Volga (Rossiya)dagi islom ta'limi markazi - Tataristondagi eng yangi Islom akademiyasi byudjyetining yarmi Usmonovning moliyaviy mablag‘lari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Shu bois Alisher Usmonov bir necha marta yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan.

Foto: REUTERS

Milliarderning "San'at, ilm-fan va sport" fondi sport klublari va federatsiyalari, yosh sportchilar va tajribali atletlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Alisher Usmonovning o‘zi ham sport ustasi bo‘lib, bugungi kunda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining prezidenti hisoblanadi. Aynan qilichbozlikka bo‘lgan qiziqish tufayli u Toshkentdagi sport saroylaridan birida o‘zining bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i badiiy gimnastika bo‘yicha ajoyib chempionlarning murabbiyi Irina Viner bilan tanishgan.