Nima qilib qo‘yganini anglaganidan so‘ng ayol darhol tez tibbiy yordam va politsiyani chaqirib, ro‘y bergan voqeani tushuntirdi.
Ko‘rsatilgan tezkor yordamga qaramay, 26 yoshli Botem Shem Jin shifoxonada vafot etdi.
Politsiyachi ayol qo‘lga olingan, uning ismi oshkor qilinmagan. Qanday qilib ayol begona kvartiraga kirgani, kalit boshqa uy eshigiga tushgan yo tushmagani, eshik ochiq qolganmi yoki yo‘q - aniqlik kiritilmagan.
Uy egasi Botem Jin AQShga Sent-Lyusiya orol davlatidan ko‘chib borgan. U taniqli PricewaterhouseCoopers kompaniyasining diplomli xodimi, auditori va mahalliy nasroniylar jamiyatining ko‘zga ko‘ringan a'zosi bo‘lgan.
Voqea ilk e'tirozlarni keltirib chiqarishga ulgurdi - Dallas politsiyasi shtab-kvartirasi oldida 150 kishi ofitserni ozodlikdan mahrum qilishni talab qilib namoyish o‘tkazdi.










