BMT oliy komissari Mişel Baçalet Misrni "Musulmon birodarlar" taşkilotining 75 nafar yetakçi va faollariga nisbatan ölim jazosini bekor qilişga çaqirdi. 9 sentabr kuni Jyenevada bildirilgan bayonotda u sud adolatli ötmaganini ta'kidlamoqda. 

"Umid qilamanki, Misr Kassatsiya sudi bu hukmni qayta körib çiqadi va xalqaro adolat standartlariga muvofiq  uni bekor qiladi", - deydi Baçelet. BMT oliy komissari bayonotida Misr Jinoiy sudi tomonidan 75 nafar mahkumga e'lon qilingan ölim jazosiga nisbatan "haddan ziyod xavotir" aks etib, bu "adolatli sud natijasi emas"ligi ta'kidlanmoqda. Unda dastlab iyul oyida umumiy hisobda 739 kişi oliy jazoga hukm qilingani yodga solingan.

Baçeletning sözlariga köra, sud davomida hukm qilinganlarga yagona guruh sifatida qaralgan. Ularga sudyalar oldida "individual" javob berişga imkon berilmagan. Bundan taşqari, ularda "öz himoyasi uçun dalillar taqdim etiş huquqi" bölmagan. 

Şanba kuni Misr Jinoiy sudi 2013 yil yozidagi zöravonlik va provokatsiyalar işi böyiça "Musulmon birodarlar"ning 75 nafar yetakçi va faoliga nisbatan ölim jazosini tasdiqladi. Uyuşmaning bir neça rahbari, jumladan, Muhammad Al-Beltajiy va Isom Al-Aryan, şuningdek voiz Safuat Xijoziy şular jumlasidandir. 

2013 yilning yozida sobiq prezident, "Musulmon birodarlar" yetakçilaridan biri Muhammad Mursiyning harbiylar tomonidan çetlatilişidan keyin uning tarafdorlari poytaxtning ikki maydonida isyon kötarişgan. Bir neça ogohlantirişdan söng bu aksiyalar rasmiylar tomonidan tarqatildi va bu mamlakatda köp sonli qurbonlarga olib keldi. Şu kuni namoyişlar tarqatilganidan bir neça soat ötgaç, radikallar Mirsning turli hududlarida politsiya uçastkalari, davlat muassasalari, çerkovlar va oddiy fuqarolarga hujumlar uyuştirişgan. 

Barça mahbuslar Kassatsiya sudida hukm qayta körib çiqilişini talab qilişlari mumkin. Bu orada esa radikallarning ba'zi yetakçilariga nisbatan hukm öqib bölingan, şu jumladan ölim jazosi ham. 

Misrda oliy jazo jinoyatçini osiş orqali amalga oşiriladi. Umrbod qamoq jazosi esa 25 yil ozodlikdan mahrum etişni közda tutadi.