Dodonning korteji Strasheni-Kalarash yo‘lida harakatlanayotganda uning mashinasiga qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan yuk mashinasi urilgan. Voqea oqibatida 3 kishi yengil va o‘rta og‘irlikdagi jarohat olgan. Dodonning o‘ziga hech narsa qilmagan.

“Qo‘riqlash va politsiya mashinalari hamrohligida normal tezlik bilan kelayotgan kortejga qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘satdan yuk mashinasi chiqib, aynan prezident ketayotgan mashinaga kelib urilgan. Buning barchasi shubhali ko‘rinmoqda. Boshlangan tergov paydo bo‘layotgan bu va boshqa savollarga javob topishiga umid qilaman”, deb aytgan Dodon.