Uyqusiz tun sabab kuçsizroq bölişingiz va semizlikning yuqori xavfiga uçraşingiz mumkin. Tanamiz smenali iş grafigi, çarçoqqa şu yöl bilan reaksiya qilişini tuşuntirişga undaydigan tadqiqot natijalari ana şunday, deya yozadi Independent jurnalisti Aleks Mettyuz-King.
Şved tadqiqotçilarining jamoasi uyqusiz ötkazilgan bitta tun yoğ töqimasiga organizmning yoğ yiğiş xususiyatini oşiradigan genni kiritişini namoyiş etişdi. U ikkinçi tur diabetining yuzaga kelişi bilan boğliq.
«Olimlar muşak töqimasidagi aks effektni ham qayd etişdi. Böğimlarni taşkil qiluvçi murakkab oqsillar oddiy şaklga kira boşladi. Tadqiqotçilar bu organizmga yoğ zaxirasini saqlaşga yordam beruvçi adaptatsiya bölişi mumkin degan fikrdalar», - deya xabar bermoqda Mettyuz-King.
Tadqiqot muallifi Uppsals universiteti xodimi Jonatan Sedernas şunday hikoya qiladi: «Hozirgi vaqtda smenali iş va töyib uxlamaslik juda keng tarqalgan. Şuning uçun buni örganiş muhim. Biz tadqiqotimizning natijasi surunkali töyib uxlamaslik va smenalarda işlaş semizlik va ikkinçi tur diabeti xavfini oşirişi, şu bilan birga muşak töqimasi kamayişiga guvohlik beradi, deb hisoblaymiz».
«Bu biologik soatlarning özgarişiga ham boğliq deb öylaymiz. Ma'lumki, ular 24 soatlik sur'atni nazorat qiladi», - deydi u.
Olimlar 15 nafar soğlom köngillilardan normal uyquli tun va tungi smenaga taqlid qiliş maqsadida ularga uxlaşga ruxsat berilmagan tundan keyin qon, muşak va yoğ töqimasi namunalarini olişgan. Ovqatlaniş, jismoniy maşqlar va yoruğlik özgarmagan.
Tadqiqotçilar töqimadagi DNK – genetik kod segmentlarining qöşilişi jarayonlarini örganişdi.
«Tahlil buzilgan uyqudan keyin DNKdagi yoğ töplaş bilan boğliq jarayonlar kuçayganligini körsatdi. Muşak töqimasida katta, quvvat siğimiga ega muşaklarni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq genlar faolligi pasaygan. Bu esa tuzilmaning buzilişiga olib kelgan. Mazkur jarayon katabolizm sifatida maşhur», - deyiladi maqolada.












