Jahon semirişga qarşi kuraşiş federatsiyasi (WOF) hisobotida ma’lum qilişiça, bugungi kunda dunyo böyiça 180 million nafarga yaqin bola semirişdan aziyat çekmoqda. Taxminlarga köra, 2040 yilga borib bu raqam 227 millionga yetadi.
Hisobot har yili 4 martda nişonlanadigan Butunjahon semirişga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan e’lon qilindi.
Bolalarda ortiqça semiriş nafaqat turmuş darajasi yuqori va örta (Avstraliya, Gretsiya, Argentina), balki past mamlakatlarda ham (Papua—Yangi Gvineya, Albaniya, Aljir) kuzatilmoqda.
Hisobotga köra, Özbekistonda 5-19 yoşlilar orasida ortiqça vaznga ega bölganlar soni 2 mln nafardan ortiq bölib, 2033 yilga borib bu körsatkiç 3 mln nafarga yetişi taxmin qilinmoqda.

Mutaxassislar bolalar semirişining asosiy sabablarini ham sanab ötişdi. Ular orasida — tuğiş yoşidagi ayollar orasida semiriş va diabet, homilador ayollar orasida çekiş, çaqaloqlarni yetarliça emizmaslik, boğça va maktablarda sifatsiz ovqatlaniş, şakar va şakar örnini bosuvçilarni köp iste’mol qiliş, jismoniy faollikning kamligi hamda ultra qayta işlangan mahsulotlarni köp iste’mol qiliş kabilar bor.
Federatsiya ekspertlari hukumatlarni bolalar semirişining asosiy sabablarini bartaraf etişga çaqirdi. Ularning ta’kidlaşiça, samarali diagnostika va davolaşni yölga qöyiş, ayollar va bolalarning soğlom ovqatlanişini ta’minlaş, çekiş va alkogolizmga qarşi profilaktikani kuçaytiriş zarur.
Şuningdek, maktab va boğçalardagi menyularni soğlom ovqatlaniş me’yorlariga moslaştiriş, bolalar va ösmirlar orasida faol hayot tarzini va jismoniy maşqlarni tarğib qiliş tavsiya etilmoqda.













