1. Nima uçun startaplar muvaffaqiyatga erişadi?

Bill Gross (Bill Gross), investor, dunyodagi ilk biznes-inkubator IdeaLab asosçisi.

«Agar startap dunyoni  özgartirişga qodir bölsa, nima uçun juda köp muvaffaqiyatsizliklar sodir böladi? Bu savolga Bill Gross sönggi 20 yil içida vujudga kelgan 100 ta kompaniyani tahlil qilib, muvaffaqiyatga olib boradigan beşta muhim elementni alohida körsatib ötadi. Ular orasida ğoya va jamoa – eng muhimlari emas».

2. Brendga yaxşi nomni qanday öylab topiş mumkin?

Jonatan Bell (Jonathan Bell), brending böyiça mutaxassis.

«Kompaniyalar soni juda köp bölgan dunyoda hamma taniydigan nomni qanday öylab topiş haqida. U asosçining familiyasi bilan boğliq bölişi yoki kompaniya faoliyatini tasvirlaşi mumkin. Bular – Bell ajratib körsatgan ikkita kategoriyalar, xolos. U yodda qoladigan nomni qanday tanlaş va qaysi detallarga e'tibor beriş kerakligi haqida qisqaça gapirib beradi».

3. Kompaniya uçun töğri qarorlarni qanday qabul qiliş kerak?

Rey Dalio (Ray Dalio), tadbirkor, Bridgewater Associates investitsion kompaniyasi asosçisi.

«Bir kuni Rey Dalio katta miqdordagi pulni yöqotdi. Şu darajada kattaki, oilasini boqiş uçun qarz söraşiga töğri keldi. Bu oğriqli tajriba uning qarorlar qabul qilişga bölgan munosabatini özgartirdi. Bu bahsli qaraşlar bilan nima qiliş kerakligi, haqligingiz (yoki aksinça)ni tuşunişda yordam beradi».

4. Kompaniya kasodga uçraşining ikki sababi: ularni qanday barataraf etiş mumkin?

Knud Xanaes (Knut Haanaes), biznes-strateg, Boşqaruvni rivojlantiriş xalqaro instituti professori.