Tinç okeanining Meksika va Gavayi orasidagi qismida 4 ming metr çuqurlikda ba'zi olimlarning fikriça noma'lum uçar jism tomonidan qoldirilgan bölişi mumkin bölgan sirli izlar topildi.

2,5 metr uzunlikka va 30 santimetr çuqurlikka ega bölgan izlar Sautgemptondagi Milliy okeanografik markaz olimlari tomonidan çuqur suv osti roboti yordamida aniqlangan. Britaniyalik olimlar izlar topilgan joyda toğ-kon işlari yoki ilmiy operatsiyalar ötkazilganini istisno qilişgan hamda izlar baliqlar yoki çuqur suv osti jonzotlari tomonidan qoldiriliş uçun haddan ziyod kattaligini ta'kidlab ötişgan.
Olimlardan biri doktor Li Marşning aytişiça, tahlil izlar tasodifiy tarzda joylaşmaganini körsatgan. Mutaxassis uşbu izlar juda kam holatlarda bunday katta çuqurlikka şönğiydigan kitlar tomonidan qoldirilgan bölişi mumkinligini aytgan.












