AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning boşqa davlatlar tomonidan talon-taroj qilinişi davri endilikda ötmişda qolganini aytdi. Tramp bir qator davlatlardan import qilinuvçi mahsulotlarga bojlar kiritiş qaroriga izoh beriş vaqtida şunday sözlarni aytib ötdi. Tramp AQŞning savdo hamkorlarini noinsof siyosatda ayblagan.

Uning aytişiça, AQŞ bilan teng bölmagan şaroitlarda savdo qiluvçi Xitoyning iqtisodiy siyosati noinsof hisoblanadi. 

“Agar AQŞ Xitoyga maşina sotsa, unda 25 foiz soliq tölaşi kerak. Xitoy AQŞga maşina sotganda esa soliq 2 foizni taşkil qiladi. Kim buni halol deb hisoblaydi? Boşqa davlatlar Amerikani talon-taroj qilgan kunlar tugadi”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Avvalroq AQŞ Xitoydan import qilinuvçi 50 mlrd dollarlik, söngra yana 16 mlrd dollarlik tovarlarga nisbatan boj kiritgandi. Sentyabrda yana 200 mlrd dollarlik mahsulotlarga boj kiritiş rejalaştirilmoqda.