«Real»ning sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytişini ma'lum qildi.
«Albatta, tez orada murabbiylik işimga qaytaman. Bu iş özimga yoqadi. [Şu sohada] butun umr faoliyat olib bordim», - degan Zidan TVE`ga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, fransiyalik mutaxassis sönggi iş joyi bölgan «qirollik klubi»ni 2016-2018 yillar davomida boşqarib keldi. Madrid klubi bilan Zidan Ispaniya çempioni bölib, ketma-ket uç marta UYeFA Çempionlar ligasida ğolib çiqdi.
Sönggi vaqtlarda 46 yoşli Zinedin «MYu» boş murabbiyi sifatida iş boşlaşi haqida turli miş-mişlar tarqalmoqda. Şuningdek, matbuotda uning 2019 yildan boşlab «Yuventus»ga ustozlik qilişi haqida ham ma'lumotlar bor.
Biroz oldinroq The Mirror naşri Zidan Mançester klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotgani va yangi klubiga taklif qiladigan futbolçilari röyxatini tuzayotgani haqida xabar berilgandi.

















