9/11 teraktlari: Oradan 17 yil ötib. Fojia böyiça faktlar (fotogalereya)
|19:24 / 11.09.2018139 2007 min
17 yil muqaddam, 2001 yilning 11 sentabrida, Qöşma Ştatlar tarixidagi eng dahşatli terakt amalga oşirildi.
2001 yilning şu kuni «al-Qoida» terrorçi guruhi jangarilari tört fuqarolik aviatsiyasi samolyotini egallab oldi. Ulardan biri Nyu-Yorkdagi maşhur Butunjahon savdo markazining şimoliy minorasiga, ikkinçisi majmuaning ikkinçi minorasiga urildi. Natijada ikki osmonöpar bino ham yer bilan kunpayakun böldi.
Hujumlar oqibatida jami 2977 kişi halok böldi, minglab kişilar jarohatlandi. Ularning 246 nafari samolyot yölovçilari edi. Jahon savdo markazida 2 ming 606 kişi, Pentagonga hujum oqibatida 125 kişi halok böldi. Halok bölganlarning 72 nafari politsiya va huquq-tartibot idoralarining xodimlari, 343 nafari öt öçiruvçi, 55 nafari harbiy xizmatçi edi. Qurbonlar orasida 90ta mamlakat fuqarolari bor edi.
Nyu-Yorkka yetkazilgan zarar 36 milliard dollarga yaqin böldi, Jahon savdo taşkiloti minoralari joylaşgan hududni tozalaş işlari 8 oydan ortiq vaqt davom etdi.
Foto: Peter Morgan/Reuters
Pentagonning vayron bölgan ğarbiy qanoti 2002 yil sentabriga kelib qayta tiklandi.
Foto: Peter Morgan/Reuters
Foto: Peter Morgan/Reuters
Uşbu hodisalar xotirasiga 11 sentabr AQŞda Vatanparvarlik kuni va Ibodatlar kuni sifatida nişonlanadi. Butun mamlakat böylab mahalliy hukumat, universitet, maktab, jamoatçilik uyuşmalari tomonidan taşkil qilingan xotirlaş marosimlari, motam tadbirlari va xotira konsertlari bölib ötadi. Federal binolarning barçasida şu kuni davlat bayroqlari tuşiriladi.
Terakt yuz bergan vaziyatni örganiş bilan AQŞga terrorçilik hujumlari böyiça milliy komissiya şuğullandi. 2004 yilning iyulida, fojiadan 442 kun ötgaç, mustaqil tadqiqot komissiyasi 600 sahifalik hisobotni taqdim qildi. Unda hukumat immigratsion siyosatda juda köp xatolarga yöl qöygani jiddiy teraktlarga sabab bölgani qayd etildi.
Foto: Shannon Stapleton/Reuters
Foto: Jason Cohn/Reuters
Şuningdek. Amerika razvedka xizmatlari harakatlari koordinatsiyalanmagani tufayli teraktlar oldi olinmagani keltirildi. 2004 yil avgustida AQŞ prezidenti Jorj Buş Amerika razvedkasini isloh qiliş haqida bir neçta farmon imzoladi.
19 nafar xudkuş terrorçilarning barçasining şaxsi aniqlandi — ular Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Livan fuqarolari bölib çiqdi. Ular «Al-Qoida» terrorçilik taşkilotiga aloqador bölib, AQŞda qonuniy ravişda yaşagan, ularning ba'zilari esa Amerika uçuvçilik maktablarida öqigan.
2001 yilning oktabrda AQŞ va Buyuk Britaniyaning Afğonistondagi harbiy amaliyotlari boşlandi, bundan maqsad - «Al-Qoida» bazalarini yöq qiliş va taşkilot boşliği Usama bin Lodinni qidirib topişdan iborat edi. «Birinçi raqamli xalqaro terrorçi» 2011 yilning 2 mayiga kelib, Pokistonning Abbotobod şahrida amerikalik harbiylar tomonidan yöq qilindi.
2007 yil yanvarida Gamburgda Marokaş fuqarosi Munir al-Mutasaddiq 15 yilga qamaldi, u 11 sentabrdagi teraktga tayyorgarlik körişda qatnaşganlikda ayblandi. U «Al-Qoida»ning «Gamburg yaçeykasi» bilan aloqada bölgan, Jahon savdo taşkilotining egizak binolarini yöq qilgan xudkuş uçuvçilar aynan şu guruhning a'zolari bölgan.
2006 yil mayida Vaşinton yaqinidagi Aleksandriyada asli marokaşlik Fransiya fuqarosi Zakaria Musaviy ustidan sud jarayoni yakunlandi, AQŞ hukumati unga nisbatan teraktlarga aloqadorlik ayblovini ilgari surgandi. Musaviy umrbod qamoqqa mahkum etildi.
2008 yil 5 iyunda Amerikaning Guantanamodagi harbiy bazasida (u yerda terrorçilar uçun maxsus turma bor) teraktlar taşkilotçisi Xalid Şayx Muhammad va uning tört nafar şerigi ustidan sud jarayoni boşlandi. Ular terrorizm, samolyotlarni qölga oliş, ommaviy qirğin, fuqaro şaxslarga hujum qiliş maqsadida til biriktirişda ayblanmoqda. Sud jarayoni bir neça marta boşlanib, bir neça marta töxtatildi.
2002 yil 10 aprelda 1999 yili BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan, 11 sentabr voqealaridan keyin joriy qilinişi zaruratga aylangan «Terrorçilikni moliyalaştirişga qarşi kuraş haqidagi» xalqaro konvensiya kuçga kirdi. Hujjat 1999 yilda BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan, ammo 11 sentabr voqealaridan keyin kuçga kirişi uçun zarur bölgan miqdorda ratifikatsiyalarga ega bölgan edi.
Fojiadan söng, şuningdek, Moliyaviy suiiste'molga qarşi kuraş böyiça xalqaro guruh BMT bilan terrorçilikka qarşi kuraş borasida hamkorlikni kuçaytirdi.
2001 yil dekabridan boşlab Yevroittifoq har yili terrorçilik taşkilotlarining qora röyxatini e'lon qilib kelmoqda.
2015 yil iyunida Markaziy razvedka boşqarmasi 2001 yil 11 sentabr teraktlari böyiça qator hujjatlarni oşkor qildi. Muassasa ta'kidlaşiça, ularda gap «xizmatning teraktgaça bölgan faoliyati» haqida boradi. Ular orasida qariyb 500 sahifali hisobot ham bölib, unda teraktdan avvalroq agentlik oldida paydo bölgan «tizimli muammolar» haqida hikoya qilinadi.
11 sentabr voqealari jahonda terrorizmga qarşi kuraş zarurligini kun tartibiga çiqardi. Buning natijasi ölaroq terrorizmga qarşi kuraş koalitsiyasi taşkil etildi. 11 sentabr nafaqat amerikaliklarning, balki butun dunyoning vaziyatini tubdan özgartirib yubordi. Öşa yilning dekabridan boşlab Yevropa Ittifoqi har yili terror taşkilotlarining röyxatini e'lon qila boşladi. 11 sentabr voqealaridan söng jahon ahli hatto, AQŞdek qudratli mamlakat ham öz xavfsizligini yakka özi ta'minlay olmasligini, terrorizmga qarşi birgalikda kuraşiş zarurligini anglab yetdi.
Uşbu fojia yuz minglab insonlar taqdirini özgartirib yubordi, AQŞning keyingi taşqi siyosatini belgilab berdi, şuningdek, haligaça muhokama qilinmoqda, jurnalistik tadqiqotlar, badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar uçun mavzu bölib xizmat qilmoqda.