Marketolog Trişia Levasser Stiv Jobs misolida nima uçun marketing qadriyatlardan boşlanişi kerakligi haqida sözladi hamda biznesdagi “vazifa”, “maqsad” va “qadriyatlar” tuşunçasiga izoh berdi.

Marketing qadriyatlaringizdan boşlanadi
Stiv Jobs nafaqat Apple kompaniyasining asosçisi va boş direktori, balki brendning yaratuvçisi ham edi. Şubhasiz, u mahsulotlar bilan “yaşar” va xodimlarni qanday rağbatlantirişni bilardi.
Brendning yaratuvçisi böliş uçun reklama bölimida işlaş şart emas. Bunday odamlar hamma yerda bor. Bu kompaniyaning haqiqiy işqibozlari va mahsulot töğrisidagi öz hikoyalari bilan örtoqlaşişni istaydilar. Bunday yaratuvçanlik asosçi va boş direktorlardan boşlanişi kerak. Agar rahbarning özi taşkilot nima bilan şuğullanişini bilmasa, xodim va mijoz buni qayerdan anglaşi kerak? Asosçilar Stiv Jobsga öxşagan bölişlari lozim.

Qadriyat, vazifa va maqsadni aniqlaş
Stiv Jobs va Tim Kuk öz xodimlarini qanday rağbatlantirişi borasidagi fikrlardan avval kompaniya qadriyat, vazifa va maqsadi nima ekaniga oydinlik kiritamiz. Çunki bu instrumentlar brendni yaratiş asosi hisoblanadi. Ular mijozlarni jalb etiş va uşlab qoliş uçun zarur.
Qadriyatlar: taşkilot xodimlari tomonidan amal qilinadigan, qabul qilingan qoida va tamoyillar. Asosiy qadriyatlar kompaniya vazifasi ta'rifida sanab ötiladi.
Vazifa: kompaniya mohiyati va mavjudligi sababini aniqlaydigan, maqsad va falsafangizni ta'riflaydigan qisqaça bayon. Vazifangiz “Biz nima qilamiz? Qanday biznes bilan şuğullanamiz” kabi savollarga javob berişi kerak. Bu kompaniya funksiyasi, bozorlar va raqobatdagi afzalliklarni tez va oddiy aniqlaşda yordam beradi.
Maqsad: asosçi erişişni istagan narsa. Bu kompaniyaning kelajakdagi jozibador obrazi, ideali yoki orzusi.
Asosçi sifatida öz kompaniyangizning vazifasi va maqsadini jamoangizga yetkazişingiz va ularda işonç uyğotişingiz zarur. Apple buni quyidagiça amalga oşirdi.














