O‘zbekiston | 17:00 / 11.09.2018
31535
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘qolgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani tiklash tartibi qanday?

Foto: Norma.uz

Ushbu holatda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani bergan FHDYo organidan takroriy guvohnoma olish mumkin, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Buning uchun takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs, ushbu guvohnomani bergan FHDYo organiga bevosita yoki o‘zi yashab turgan joydagi FHDYo organi orqali murojaat qilishi lozim.

Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaxslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari ma'muriyatlarining arizalari bo‘yicha beriladi.

Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning o‘ziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘ozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi. 

Takroriy guvohnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida (27 645 so‘m) haq undiriladi.

Mavzuga oid