O‘zbekiston | 14:12 / 11.09.2018
26405
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyuminiy zavodiga boradi

Foto: ASIA-Plus

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida 27-28 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan MDH davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyuradi. Bu haqda «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga asosan xabar qilmoqda.

Kutilishicha, O‘zbekiston rahbari «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi»ning faoliyati bilan tanishadi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Mirziyoyev bilan birgalikda zavodga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham tashrif buyuradi.

Prezidentlar respublikada tokchi sohibkor dehqonlar sifatida mashhur bo‘lgan Kamol Hoji Madumarov va Ne'mat Hoji Usmonovlarning dehqon xo‘jaliklariga tashrif buyurishadi.

Shu bilan birga, prezidentning tashrifi arafasida Dushanbe-Tursunzoda avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan barcha uylarning tashqi qismi ta'mirlanmoqda. Dushanbe hokimi ma'muriyatidan «AP»ga ma'lum qilishlaricha, aholi ham, shahar byudjyeti ham buning uchun pul sarflamayapti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga amaliy tashrif bilan borishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid