Sobiq bokschi AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etmoqchi
Sobiq professional bokschi Oskar de la Xoyya 2020 yilgi AQSh prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yish borasida jiddiy niyatdaligini ma'lum qildi. Bu haqda TMZ nashri ma'lum qildi.
“Men prezident saylovlarida ishtirok etish niyatidaman”, deb aytgan de la Xoyya.
Uning aytishicha, u professional boks bilan shug‘ullangan vaqtlaridayoq ovozi eshitilishini istagan, prezident bo‘lish imkoniyati esa unga buni amalga oshirish imkonini beradi. Bokschi rep ijrochi Kane Uest prezident saylovlariga nomzodini qo‘yishini e'lon qilishi mumkinligini aytganda, nima uchun u buni qila olmasligini aytgan.
Oskar de la Xoyya birinchi o‘rta vazn toifasida ishtirok etgan mashhur amerikalik bokschi bo‘lib, 1992 yilgi Olimpiya chempioni hisoblanadi. Turli yillarda 5 ta vazn toifasida jahon chempioni unvonlarini qo‘lga kiritgan. “Tilla bola” laqabli bokschining hisobida 39 ta g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor. 2009 yilda bokschilik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan. Hozirda Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi direktori.