07:49 / 20.03.2018
8876

Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Liviya prezidenti saylovlariga nomzodini qo‘ydi

Foto: AP Photo / Ben Curtis, File

Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif al-Islom Qazzofiy Liviyada bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga nomzodini qo‘ydi. Bu haqda uning vakili Ayman Buras ma'lum qildi. 

“Saif al-Islom Muammar Qazzofiy bo‘lib o‘tajak prezident saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yar ekan, hokimiyatga emas, mamlakatni qutqarishga intilmoqda”, deb aytgan Buras.

2011 yilda Muammar Qazzofiy tuzumi ag‘darilgandan keyin u va uning yaqinlari ortidan haqiqiy ov boshlangan. Isyonchilar Qazzofiy va uning o‘g‘li Muatasamni o‘ldirishgan. Uning yana bir o‘g‘li Xamis Tripolining bombardimon qilinishi vaqtida halok bo‘lgan. Otasining ishida faol ishtirok etgan Saif al-Islom esa asirga olingan. 2015 yilda u qatl etilishga mahkum qilingan. Qazzofiyning yana bir o‘g‘li Sa'di Nigerga qochgan, biroq 2014 yilda Liviya hukumatiga topshirilgan. Qizi Oysha turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi bilan Jazoirga qochib, u yerda boshpana olgan. 

Liviyada prezident saylovlarini 2018 yil o‘rtalarida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 

Mavzuga oid
Top