Sport | 12:14 / 11.09.2018
19936
2 daqiqa o‘qiladi

«U qolganlardan bir pog‘ona ustun ». Luis Enrike yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini kimga berilishi kerakligini aytdi

Foto: JOSE JORDAN/AFP

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzodlar uchligi haqida fikr bildirib, «Barselona» yulduzi Lionel Messi ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi kerak, degan fikrni ilgari surdi.

«Xorvatiya terma jamoasi o‘yinchilaridan Modrich va Rakitichni ajratib ko‘rsatgan bo‘lar edim. Ular shaxsiy sovrinlarga munosib. Biroq agar jahonning eng yaxshi futbolchisi haqida gap ketadigan bo‘lsa, bu sovrin Messiga berilishi kerak. U qolganlardan bir pog‘ona ustun», - degan Enrikening so‘zlarini keltirib o‘tdi AS.

Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli mutaxassis 2008-2011 yillarda «Barselona V», 2014-2017 yillar davomida esa Kataloniya klubining asosiy jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgan.

Ta'kidlash joiz, 2018 yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatidan argentinalik hujumchi o‘rin olmagan. 24 sentabr kuni Krishtianu Ronaldu («Real»/«Yuventus», Portugaliya terma jamoasi), Luka Modrich («Real», Xorvatiya terma jamoasi) va Muhammad Saloh («Liverpul», Misr terma jamoasi) uchligidan qay biri g‘olib chiqqani ma'lum bo‘ladi. Taqdirlash marosimi shu kuni London shahrida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid