Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatida o‘tgan haftaning o‘zida pora berish bilan bog‘liq 3ta holat qayd etildi
2018 yil 4 sentabr kuni Romitan tuman Iftixor mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro s.I. viloyat YHXB boshqarmasi yo‘l patrul xizmati inspektori safdor Zohidjon Hasanovga avtomashina tezligini belgilangan me'yordan oshirganligi yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 50.000 so‘m pullarni pora sifatida taklif qilgan.
Shuningdek, Buxoro shahar 3-sonli IIB profilaktika inspektori leytenant G‘ulomov xizmat olib borish jarayonida Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. do‘sti X.Sh.ga tegishli bo‘lgan uyda qo‘shmachilik jinoyatini sodir qilganligini aniqlagan.
Fuqaro Sh.ning boshqa bir do‘sti Kogon tumani Geofizika shaharchasi Navro‘z ko‘chasi 59-uyda yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan J.D. ushbu holatni qonuniy rasmiylashtirmaslik evaziga profilaktika inspektoriga 200 AQSh dollarini uning xizmat xonasida pora sifatida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan jinoyat ustida ushlangan.
Bundan tashqari, 2018 yil 8 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Istiqlol ko‘chasi 91-uyda yashovchi, 1976 y.t. fuqaro T.A. Qorovulbozor tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” yo‘nalishidagi “A-380” yo‘lda viloyat IIB YHXB Yo‘l patrul xizmati 4-safarbarlik guruhi inspektori safdor Sh.Hamidovga o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Mersedes-bents” rusumli avtobusda belgilangan yo‘lovchidan ko‘p odam tashib kelayotganligi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 100.000 so‘m pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida ushlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan pora berishga uringan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
08:20 / 22.12.2025
Toshkentda advokat 2 ming dollar olayotganda ushlandi
13:04 / 20.12.2025