Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Minsk o‘rtasidagi aviareyslar soni haftasiga to‘rttagacha oshirilishi mumkin
Foto: Wikipedia
Minsk va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar soni haftasiga to‘rttagacha oshirilishi mumkin. Bu haqda Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich bugun jurnalistlarga xabar berdi, deb yozmoqda BeLTA.
«Belarusning «Belavia» shirkati yaqin kelajakda Toshkentga yana ikkita qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu qachon aniq yuz berishini bilmaymiz, biroq muzokaralar olib bormoqdamiz», - dedi Leonid Marinich.
Elchining aniqlik kiritishicha, reysni ochish muammo emas, asosiysi - uni to‘ldirish va bundan iqtisodiy samara olish.
Belarus hamda O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida hozircha haftada ikki marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar seshanba va payshanba kunlari amalga oshirilmoqda. Ular «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:37 / 14.01.2026
Qoshg‘ar–Toshkent yo‘nalishida yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys ochiladi
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
13:27 / 14.10.2025