Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana bir yirik anjumanga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Joriy yilning 20-21 sentabr kunlari poytaxtda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
O‘zA’ning yozishicha, mazkur konferensiya, avvalo, Markaziy Osiyo transport-tranzit salohiyatini rivojlantirishga oid qo‘shma sa'y-harakatlarni muhokama qilish va bu boradagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Konferentsiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarini qiziqtirgan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikka qaratilgan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma sa'y-harakatlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan masalalar muhokama qilinadi.
Konferentsiyada 45 mamlakatdan 200 dan ortiq mehmon, 25 xalqaro tashkilot, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari ishtirok etadi.
Jumladan, Jahon banki, OTB, ITB, YeTTB, OIIB, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi, YeXHT, GXHJ, ShHT, IHT, MDH, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi, TRASeKA dasturi, Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi, Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:08 / 14.01.2026
Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb e’tirof etilishi kerak - Bobur Bekmurodov
11:48 / 12.01.2026
Rossiyalik propagandachi Solovyov Markaziy Osiyoda ham «SVO» boshlash kerakligi haqida gapirdi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
10:53 / 25.12.2025