FIFA klublarning ijaraga berişi mumkin bölgan öyinçilari soniga çeklov örnatiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda Bild xabar bergan.
FIFA mutasaddilari uşbu taklifni ma'qullasa, klublar eng köpi bilan 8 futbolçini ijaraga berişlari mumkin böladi. Şuningdek, bir jamoa ikkinçisiga 4 nafardan ortiq öyinçisini ijaraga berişi ham taqiqlanişi mumkin. Bunda klublarning 21 yoşga tölmagan öz tarbiyalanuvçilari istisno sanaladi.
Manba ma'lumotiga köra, uşbu tartib joriy etilgan taqdirda u ayniqsa «Çelsi» va «Yuventus» klublariga daxldor böladi. Joriy mavsumda London klubining 40 nafar öyinçisi ijara huquqi asosida boşqa jamoalar şarafini himoya qilmoqda. Turinliklar esa 26 a'zosini ijaraga qöyib yuborgan.

















