Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko 12 sentabr kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. 

Taşrif doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentabr kuni Köksaroyda rasmiy kutib oliş marosimi bilan boşlandi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukaşenko avval tor doirada muzokara ötkazdi.
 
Davlat rahbari oliy martabali mehmonni yurtimizga taşrifi bilan qutlab, Özbekiston bilan Belarus samimiy döst va işonçli şerik ekanini ta'kidladi. 

– 2016 yil Samarqanddagi uçraşuvimizda davlatlararo munosabatlarni har tomonlama mustahkamlaşga kelişib olgandik. Ötgan ikki yilda mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik xalqlarimizni quvontiradigan darajaga yetdi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2017 yil yakunlari böyiça 60 foizdan ziyod ösdi. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida esa qariyb 4 barobar oşdi. Bunday natijalar heç qaçon bölmagan. Bu özaro hamkorlik uçun ulkan salohiyat borligidan, odamlarimiz bir-birini soğinganidan dalolat beradi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini töldiradi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Belarus Prezidenti taklif uçun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

– Sizning rahbarligingizda Özbekistonda amalga oşirilayotgan işlar tahsinga sazovor, – dedi Aleksandr Lukaşenko. – Ham içki, ham taşqi siyosatda oqilona özgarişlar qildingiz. 33 million aholiga ega gigant mamlakatni töğri yöldan olib boryapsiz. Qöşni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamladingiz. Uşbu muvaffaqiyatli siyosiy kurs bilan Sizni tabriklayman. Biz yaxşi bilgan va özaro manfaatli bölgan barça sohalarda hamkorlik qilişga, tajriba almaşişga tayyormiz.