Tiş davolatiş, oldiriş, qöydiriş, tiş toşlarini tozalatiş va şu kabi muolajalar qon bilan boğliq muolajalar hisoblanadi, deb xabar bermoqda respublika Sanitariya-epidemiologiya xizmati.
OIV infeksiyasi, gepatit V, gepatit S kabi bir qator yuqumli kasalliklarning aynan qon orqali yuqişi heç kimga sir emas.
Xöş, stomatolog huzuriga kelganlar kasallik yuqtirib olmasligi uçun nimalar e'tibor berişlari kerak?
Bular:
- stomatologiya xonasidagi kreslo va tuflagiçlarning ozodaligiga;
- stomatolog bemorni rezina qölqopsiz kutib olişi va tekşirişdan oldin yangi qölqop kiyişiga;
- har bir bemor uçun alohida individual asboblar töplami bölişiga;
- milkka ukol qilişda qöllaniladigan şpritslar, tiş ildizi kanallarini tekşiruvçi ignalar, rimerlar (tiş kanallarini kengaytirgiçlar) kabi qon bilan aloqada böluvçi asboblar bir marotabalik bölişiga;
- tiş egovlaydigan bor maşinaning uçliklari sterillanganligiga;
- tiş oldirganda yoki davolatganda tiş örniga qöyiladigan paxta, bintli şarikçalarni steril bankadan olib işlatilişiga;
- tiş qöydirayotganingizda, qolip oliş uçun temir qolipçalarni steril stoldan olib işlatilişiga;
- işlatayotgan asboblarning nikellari köçmagan va zanglamaganiga alohida e'tibor berişlari kerak.
Şuningdek, qon orqali yuquvçi kasalliklarni yuqtirib oliş xavfi yuqori bölgan Afrika davlatlari, Hindiston, Xitoy, Tailand, kabi mamlakatlarga turistik sayohatlarga borganda yanada e'tiborliroq böliş kerak.

















