Dunyoga maşhur avtomobil zavodi hisoblangan “BelAZ” OAJ “Özbekgidroenergo” AJning doimiy hamkori hisoblandi. Mazkur zavod bilan hamkorlik zavod tomonidan işlab çiqarilgan avtosamosvallar yordamida bugungi kunda jadallik bilan quriliş işlari olib borilayotgan mini, kiçik, örta va yirik gidroelektrostansiyalarini quriş jarayonida foydalanib kelinmoqda. 

“Özbekgidroenergo” AJ boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov Belarusning BelAZ OAJ rahbari Pyotr Parxomçik boşçiligidagi delegatsiya a'zolari  bilan uçraşdi. Mazkur uçraşuv döstona, samimiy ruhda bölib ötdi. 

Uçraşuvda  jamiyat tomonidan hududlarda qurilayotgan GESlar uçun hamda Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida qurilayotgan yirik “Pskem” GESining qurilişi uçun zarur bölgan 42-45 tonnani taşkil etuvçi oğir karer  samosvali, ya'ni BelAZ-7547 rusumli avtosamosvallarni xarid qiliş va ularni yetkazib beriş borasida kelişib olindi.

Uçraşuv söngida “Özbekgidroenergo” AJ va “BelAZ” OAJ örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.