Jahon | 12:28 / 14.09.2018
5544
1 daqiqa o‘qiladi

Angliya Banki rahbari hukumatni yangi moliyaviy inqiroz haqida ogohlantirdi

Foto: PA

Angliya Banki rahbari Mark Karnining hukumat yig‘ilishida ma'lum qilishicha, Britaniya Yevroittifoqdan kelishuvga erishmasdan chiqib ketsa, mamlakat yana moliyaviy inqirozga duch kelishi mumkin. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Karnining fikriga ko‘ra, bu inqiroz 10 yil oldin sodir bo‘lgan kollapsga o‘xshash bo‘ladi.

Avvalroq, Yevropa ittifoqi bilan kelishuvning yo‘qligi Buyuk Britaniyada ishsizlikning o‘sishiga, shuningdek, uch yil davomida uy-joylarga narxning 25-35 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval JPMorgan Chase yangi moliyaviy inqiroz qachon yuz berishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Prognoz mualliflarining ta'kidlashicha, bunda yaxshi yangilik shundaki, yangi inqiroz oqibatlari avvalgisidan kamroq darajada og‘riqli bo‘ladi. 

Mavzuga oid