Jahon | 00:40 / 14.09.2018
8644
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada plyaj ustiga qoya ko‘chib tushdi 

 Gretsiyaning Zakinf orolidagi Navayo plyaji ustiga qoya ko‘chib tushishi oqibatida yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda Ekathimerini xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Navayo plyaji Ioniya orollaridagi diqqatga sazovor maskandir. U tik qoyalar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yerga faqat qayiqda kelish mumkin.

Foto: cmjornal.pt


Videolavhada qoyaning ko‘chib tushishi va plyajda dam olayotganlarning jon holatda har tarafga qochishi aks etgan. Bir nechta qayiq ag‘darilib ketgan.
Ta'kidlanishicha, hodisa oqibatida odamlar jiddiy jarohatlanmagan. Ularning aksariyatiga o‘sha yerning o‘zida yordam ko‘rsatilgan. Faqatgina chexiyalik sayyoh kasalxonaga yotqizilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid