Ispaniya taşqi işlar vaziri Jozep Borrelning ma'lum qilişiça, Yevropa ittifoqi AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan bosimga yöl qöymaslik uçun yevroning global rolini kuçaytirişni istamoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlikning ta'kidlaşiça, bu Yevropa yetakçilari köproq muxtoriyatga erişişga intilayotganining sönggi belgisi hisoblanadi.

«Biz Amerika Qöşma Ştatlari tahdidlarini bartaraf etişning yölini topişimiz kerak», - dedi Borrel. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyadan 41 milliard dollar olib çiqib ketilişi xabar berilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablağlar olib çiqib ketiladi.