Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi 2018 yilda mamlakatdan çiqib ketadigan mablağlar oqimi böyiça prognozni ikki baravarga oşirdi. Bu haqda «Iqtisodiyot surati. 2018 yilning avgusti» vazirlik saytida e'lon qilingan hisobotida aytiladi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablağlar olib çiqib ketiladi.
Kapitalning çiqib ketişi - moliyaviy hisobning salbiy saldosidir - u mamlakat tölov balansining bir qismi sanaladi. Unda mamlakatga investitsiyalar sifatida kirib kelgan va olib çiqib ketilgan mablağlar hisobga olinadi - ham töğridan-töğri (bunda kompaniyadagi uluş ön foizdan köproq miqdorda xarid qilinadi), ham portfel (aksiyalar va obligatsiyalarning minoritar töplamlari), şuningdek, norezidentlarga muqaddam olingan kreditlar böyiça berilgan kreditlar va tölovlar hajmi.
Dastlabki yetti oy davomida Rossiyadan olib çiqib ketilgan kapitallar oqimi bir yil avvalgi 8,7 milliardga nisbatan 21,5 mlrd dollarni taşkil etdi. Mamlakat MB fikriça, bunday dinamika xorijiy aktivlarni faol sotib oliş va çet elliklar oldidagi rus banklarning qarzini kamaytiriş bilan boğliq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Estoniyadagi Danske Bank orqali Rossiya va MDHdan 30 mlrd dollar ötkazilgani ma'lum bölgandi.

















