Saudiya Arabistonida bir dona asalari odam ustida o‘tirgan arilar soni bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatilishiga xalaqit berdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Foto: REUTERS / Mohamed Al Hwaity

Asalarichi Zuhair Fataniy o‘ziga 20 mingta erkak asalarini jalb qilish maqsadida ustiga bir nechta ona asalarini o‘tqazgan.

Bu borada amaldagi rekord xitoylik Ruan Lyanminga tegishli bo‘lib, u o‘z ustida 64 kilogrammga yaqin asalarini qo‘ndira olgan. Fataniy esa tanasida 100 kg asalarini to‘plamoqchi bo‘lgan, biroq bir ona asalari uchib ketgach, asalarichi rekord natijaga erisha olmagan.

Foto: REUTERS / Mohamed Al Hwaity

2017 yilda ham Fataniy rekordni yangilashga uringandi: u 1,5 soat davomida minglab asalari bilan qoplangan holda turganiga qaramay, zarur miqdorga erisha olmagan.