Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen afsonaviy “Qo‘ng‘iz” ishlab chiqarilishi to‘xtatilishini e'lon qildi
Volkswagen of America (VWoA) 2019 yilda afsonaviy “Qo‘ng‘iz” – Volkswagen Beetle (Käfer) modeli ishlab chiqarilishi to‘xtatilishini e'lon qildi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, oxirgi avloddagi yopiq kuzovli Beetle’ning 2019 yildagi narxi SE modeli uchun 23,045 ming dollarni, SEL modeli uchun esa 25,995 ming dollarni tashkil qiladi. Ushbu modellarning ochiq kuzovli variantlari narxi esa mos ravishda 27,295 ming va 29,995 ming dollarni tashkil qiladi.
Volkswagen Käfer 1938 yildan 2003 yilgacha Volkswagen AG nemis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu mashina bazaviy konstruksiyasi qayta ko‘rib chiqilmagan holda ishlab chiqarilgan tarixdagi eng ommaviy avtomobil hisoblanadi. Hammasi bo‘lib afsonaviy modeldan 21,529 mln dona ishlab chiqarilgan.
Volkswagen of America kompaniyasi Volkswagen Group.’ning sho‘'ba kompaniyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
00:22 / 15.12.2025
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
09:13 / 31.10.2025