Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir Ortiqxo‘jayev senatorga aylandi
Foto: KUN.UZ
Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi etib saylandi. Bu haqda Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari o‘rinbosari Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
“Bugun, 14 sentabr kuni soat 10.00da Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta majlislar zalida Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi saylovi bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazildi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, qo‘shma majlisda ishtirok etgan 331 deputatlardan 324 nafari yoqlab bergan ovozi bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, Toshkent shahar hokimi Jahongir Obidovich Ortiqxo‘jayev nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylandi.
Jahongir Obidovich Oliy Majlis Senatidagi poytaxt nomidan saylangan beshinchi senator sifatida faoliyat olib boradi”, - deb yozadi deputat.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yil 2 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar "Artel Injiniring" MChJ direktori lavozimida ishlab kelgan. 2018 yil 26 aprel kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMWda urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
10:35 / 27.02.2026
YPX xodimi urib ketilgan BMW'da o‘nlab qoidabuzarliklar sodir etilgan - IIBB
10:01 / 27.02.2026