Petrov va Boşirov barçasini rad etdi. Ularga kim işonadi?
|18:20 / 15.09.201826 5649 min
Buyuk Britaniya hukumati va maxsus xizmatlari tomonidan Solsberi şahrida Rossiya Razvedka boşqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliya Skripalni zaharlaşda ayblangan rossiyalik Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov özlarini Buyuk Britaniyaga borgan sayyohlar deb ma'lum qilişdi. Ular özlarini vaziyat qurboni deb ataşgan. Ammo ularning sözlari britan politsiyasi ma'lumotlariga mos kelmaydi. «Bi-bi-si» şu haqda material tayyorladi.
Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Rossiya Razvedka boşqarmasi josuslari deb atalgan bu şaxslar RT telekanali boş muharriri Margarita Simonyanga intervyu berişgan. Avvaliga Britaniya politsiyasi ular soxta ismlar bilan viza olib, Buyuk Britaniya hududiga kirişganini bildirgandi.
RT efirida köriniş bergan şaxslar Buyuk Britaniya politsiyasi tarqatgan suratlardagi şaxslar bölib, ular intervyu davomida haqiqatan mart oyi boşida Solsberida bölişganini tan olişgan. Lekin ular Razvedka boşqarmasi xodimlari emasligini ta'kidlaşib, fitness biznesi bilan şuğullanişlarini, Buyuk Britaniyaga sayyohlik va xususiy işlarini bajariş maqsadida borişganini aytişgan.
Ular Skripallarga hujumga aloqadorlik haqidagi barça davolarni rad etişgan. Ular Skripallar haqida avval eşitişmaganini aytib, Razvedka boşqarmasida işlamasliklarini takrorlaşgan.
Ammo ularning javoblaridagi ayrim jihatlar yangi savollarni paydo qiladi.
1. Ğalati turistik marşrut
«U yerda maşhur sobor bor. Solsberi sobori. Uni butun Yevropada va butun dunyoda yaxşi bilişadi. U öz gumbazlari balandligi 123 metrligi bilan ajralib turadi. U öz soatlari bilan ham maşhur», deya takrorlaşgan Petrov va Boşiroq xuddi ensiklopediyadan iqtibos keltirgandek.
Petrov va Boşirov ularga döstlari avvaldan uşbu soborni borib körişni maslahat qilib kelişganini aytişgan. Aytişlari böyiça 4 mart kuni (Skripallar zaharlangan kun) ular Solsberiga borib, soborni ziyorat qilişgan, parkni aylanişgan, qahva içişgan, ingliz gotikasidan zavqlanişgan. «Sobor juda çiroyli edi, u yerda köplab turistlar, rus tilida sözlaşadigan boşqa turistlar ham bor edi», deydi Boşirov. Skripallar uyi oldidan ötişgani haqidagi savolga ular işonç bilan javob bera olişmgan: «Biz Skripalning uyi qayerdaligini bilmaymiz! Öşa köçadan balki ötgandirmiz, balki ötmagandirmiz».
Mavzuga oid
Holbuki, yangiliklardan barça Skripallar uyi qayerda joylaşganini bilib bölişgandi. Bu uy şimoliy vokzal yaqinida, «rossiyalik turistlar» kelgan joyda joylaşgan. Politsiya tarqatgan suratlarda Boşirov va Petrov Skripalning uyi joylaşgan köçadan ötgani tasvirlangan, ammo ular Solsberi soboriga borgani haqidagi suratlar yöq. Qolaversa, Skripalning uyi turistik hududda joylaşmagan. Solsberi sobori esa butunlay qarama-qarşi tomonda joylaşgan.
Petrov va Boşirov Skripallar uyi eşigiga zaharli modda qöyilgan vaqtda şu hududda bölişgan. Politsiya ma'lumotiga köra, Sergey va Yuliya Skripal ilk marta uydan soat 09:00dan çiqqan va 11:00da qaytişgan. Ular uyda taxminan 1,5 soat vaqt ötkazib, taxminan 13:00-13:30 atrofida yana taşqariga çiqişgan. Ular soat 16:15 atrofida huşsiz holda topilgan. Petrov va Boşirovni soat 11:58da Skripalning uyidan 300 m masofada körişgandi.
Boşirov va Petrov intervyu vaqtida «parkni aylanişgani» haqida aytişgan. Ular park nomini aytişmagan, sobor yaqinida esa qiroliça Yelizaveta nomidagi park joylaşgan. Aynan şu yerdan keyinroq ikki britaniyalik «Noviçok» moddasi solingan atir idişini topib olişgan, ulardan biri darhol vafot etgandi.
2. Noqulay ob-havo
Britan politsiyasi tekşiruvlaridan aniqlandiki, Petrov va Boşirov Solsberiga ikki marta, 3 va 4 mart kunlarida borişgan. Britan politsiyasining taxmin qilişiça, birinçi taşrifdan maqsad «hududni örganiş» bölgan.
Angliyaga 3 kun muddatga keladigan sayyohlar odatda kuniga 50 funtlik arzon mehmonxonalarga buyurtma berişadi. London taşqarisidagi, u qadar maşhur bölmagan obekt uçun yölkiraning öziga 150 funt sarflaş odatiy emas.
Ular 3 mart kuni Solsberiga kelişgan va şaharda «qorli böron» bölayotganiga duç kelişgan. «Şaharni aylanmoqçi edik. Ammo şahar qorga burkandi, biz yarim soatda höl bölib ketdik», deydi Petrov. «Heç qaysi naşrda 3 mart kuni şaharda qorli kollaps bölişi haqida ma'lumot berilmagandi. U yerda harakatlanib bölmasdi», deya unga qöşimça qilgan Boşirov. Şu tufayli ular sayrni 4 martga qoldirişgan.
Angliyada mart oyi boşida rostlan ham «qorli kollaps» bölgan, ammo boşqa kunlarda. «Şarq maxluqi» nomli birinçi ştorm fevral oyi oxirida kelgan va mamlakatning bir qança hududlarida transport bilan muammolar paydo bölgan. «Emma» nomli ikkinçi ştorm esa Angliyada 1 va 2 mart kunlari kuzatilgan.
OAVning yozişiça, rossiyaliklar Solsberiga borgan 3 mart kuni «Emma» Britaniya orollari va Irlandiya hududini tark etib bölgandi, heç qanday qorböron ham bölmagandi. Şaharda ozroq qor yoğgan, ammo u tezda tozalab qöyilgan, şaharning markaziy köçalarida «qorning izi qolmagandi».
3. Petrov va Gatvik aeroportidan qanday çiqişganini eslay olişmadi
Politsiya tomonidan e'lon qilingan suratlarda Petrov va Boşirov Gatvik aeroportidan yölaklarda alohida çiqib kelişgan. Intervyu vaqtida Simonyan ulardan bu haqda sörab, suratlarni körsatdi.
Foto: Metropolitan police
Foto: Metropolitan police
Ular esa buni rad etişdi. «Biz heç qaçon bir-birimizdan ayrilmaganmiz. Buni ular qanday qilib uddalaşgan, bilolmadik. Mening inglizçam yaxşiroq, şuning uçun hamişa yonma-yon edik. Aksinça bölsa, eslardik», degan Petrov.
Suratlar bir vaqtda olingan. Ammo turli joylarda va turli kameralar orqali. Politsiya bu suratlarda rossiyaliklarning turli turniketlar orqali kirayotgani tasvirlanganini aytmoqda, ammo Boşirov va Petrov bunday bölişi mumkin emasligini ta'kidlaşmoqda.
4. Mulksiz mulkdorlar
Petrov va Boşirov özlari haqida gapirişni istaşmadi. Ularning sözlariga köra, ular «vositaçi tadbirkorlar»dir. «Qisqasi, fitnes-industriya. Sportçilarning oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminlar, mikroelementlar», deya javob berişgan ular. Şu bilan birgalikda, ular öz hamkorlari va mijozlari , tanişlarini noqulay ahvolga tuşirmaslik uçun bu borada batafsil ma'lumot berişni istaşmagan.
Ularning aytişiça, tez-tez Yevropaga, «asosan Şveytsariyaga» uçişadi. Ular u yerlarda «muzokaralar ötkazişadi va şunçaki sayohat qilişadi».
Ammo Rossiya davlat reyestrida Petrov yoki Boşirov aloqador bölgan kompaniya röyxatga olinmagan. YeGRYuLda Ruslan Başirov nomidagi birorta yuridik şaxs yöq. Amalda faoliyat yuritayotgan va faoliyat yuritmayotgan yuridik şaxslar qatorida yagona «Ruslan Başirov» nomi uçraydi. Ammo Başirov nomiga fitnes bilan şuğullanadigan kompaniya oçilmagan.
«Aleksandr Petrov» - juda keng tarqalgan ism-şarif. Ammo bunday ism-şarifli fitnes-murabbiy Rossiyada yöq.
5. Petrov va Boşirov «Skripallar işi» haqida heç narsa bilmasligini tasdiqlaşdi
«Men bu vaziyatgaça Skripallar haqida eşitmagandim. Biz haqimizda yoza boşlaşmaguniça, bu familiyani eşitmagandim, ular haqida heç narsa bilmasdim», deydi Boşirov.
Intervyuning davomida ular öz familiyalari barça naşrlarda qayta-qayta tilga olinayotganidan bezor bölişganini aytişgan.
Bundan kelib çiqadiki, ular OAVni kuzatib borişadi, OAV esa mart oyi boşidan buyon Skripallar haqida bong urib kelmoqda. Ular Margarita Simonyanga uning telegram kanali orqali aloqaga çiqişganini aytişgan. Bu telegram kanalda esa 17 marta Skripal işi haqida ma'lumot berilgan.
Bundan taşqari, Başirov va Petrov siyosatçi Dmitriy Gudkov ular haqida ma'lumot uçun mukofot va'da qilgani haqida ham bilişadi.
Ularning sözlariga köra, Putin gumonlanuvçilardan OAV orqali çiqib, özlarini tanitişni söragaç, özlarini tinç qöyişlariga umid qilgan holda, Simonyanga boğlanişgan.
«Şunçaki, bizni tinç qöyişlarini istaymiz. Bularning barçasi tasodif. Bizning aybimiz nima?», deydi Boşirov.