«Skripallar işi»da yangi tafsilotlar paydo bölişi davom etmoqda. «Fontanka» naşri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripalni zaharlaşda gumon qilinayotgan Aleksandr Petrov hamda Ruslan Boşirovning xabarçisi bölgan uçinçi şaxs haqida ma'lumot berdi.
Naşr ma'lumotiga köra, Londondagilar uşbu işdagi uçinçi gumonlanuvçi sifatida Sergey Fedotovni tilga olmoqda.
«Körinişidan, Skripalga suiqasd tayyorlaş uçun rossiyaliklarda butun otryad bölgan», degan manba.
Bundan avvalroq Czech Radio razvedkadagi manbasiga asoslangan holda Rossiya maxsus xizmatlari Sergey Skripalni öldiriş maqsadida köp vaqtdan buyon kuzatib kelgani haqida xabar tarqatgandi.
Radiostansiya ma'lumotlariga köra, rossiyalik josuslar 2014 yilning oktabrida Çexiya Respublikasiga borişgan. Xususan, aslida Aleksandr Mişkin ekani aytilgan Aleksandr Petrov 2014 yil 13-16 oktabr kunlari Ostrava şahridagi mehmonxonada bölgan, söng Pragaga jönab ketgan. Manba ma'lumotlariga köra, aslida Anatoliy Çepiga ekani aytilayotgan Ruslan Boşirov 11 oktabr kuni Çexiya poytaxtiga yetib borgan.
Skripal esa öşa yilning oktabr oyi ikkinçi yarmida Çexiyaga borib, uşbu davlat razvedkasi bilan uçraşmoqçi bölgan, deb xabar qiladi radiostansiya. Iddao etilişiça, aynan Çexiya razvedkasi zobitlari GRU sobiq polkovnigiga kuzatuv olib borilayotganini aniqlaşga yordam berişgan.
Sentyabr oyi oxirida Britaniya maxsus xizmatlari Skripalga suiqasdda uçinçi iştirokçi ham borligini ma'lum qilişgandi. Bu şaxs «Noviçok» moddasi mamlakat hududiga olib kirilişini taşkillaştirgan, Petrov va Boşirovning kelişiga tayyorgarlik işlarini bajargan.
Manbaning yozişiça, Fedotov 2014 yilda ham Petrov va Boşirov bilan birga Çexiyada bölgan. U Londonda alohida harakatlangan va kuzatuv kameralariga muhrlanmagan.
Bundan taşqari, Fedotov martdan oldinroq ham bir neça marta Londonda bölgan, uning şaharga oxirgi taşrifi 2 martda qayd etilgan, u Petrov va Boşirov bilan emas, boşqa reysda kelgan, ammo 4 mart kuni bu uçlik birgalikda Rossiyaga qaytib uçib ketgan.
Buyuk Britaniya hukumati sentabr oyida Boşirov va Petrovni mart oyi boşida Birlaşgan qirollik hududida Skripallarga asabni falajlovçi qurol bilan hujum uyuştirganlikda rasman aybladi. Keyinçalik The Insider internet-naşri va Bellingcat tadqiqot guruhining qöşma tekşiruvida bu şaxslar aslida GRU zobitlari ekani ma'lum qilindi.


















