Rossiya FXX London tomonidan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni zaharlaşda ayblanayotgan Ruslan Boşirov va Aleksandr Petrovning şaxsiy ma'lumotlari sizib çiqişiga aloqador şaxslarni aniqladi. Bu haqda «Rosbalt» manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, «qisqa muddat» mobaynida FXX xodimlari ma'lumotlar bazasidan axborotlarning sizib çiqişini töxtatişga qaratilgan 60dan ortiq tadbirlarni amalga oşirişgan.
«Birinçi navbatda, xususiy izquvarlar va yopiq ma'lumotlar bazasidan axborotlarni sotişda payqalgan şaxslarning oldiga kelişdi», - deya aytib ötdi manba.
Uning ta'kidlaşiça, Rossiya Jinoyat kodeksining qator moddalari böyiça «juda köplab işlar» oçildi, jumladan, ular orasida «Tijorat, soliq yoki bank sirini taşkil etuvçi ma'lumotni qonunga xilof ravişda oliş va oçiqlaş», «Xususiy izquvar tomonidan vakolatlarning suiiste'mol qilinişi» va «Şaxsiy hayot daxlsizligini buziş» kabilar bor.
Şuningdek, manbaning aytişiça, uning ma'lumotlariga köra, hozirda Şimoliy-Ğarbiy mintaqadagi çegara xizmati xodimi va Federal soliq xizmati bölimlaridan birining vakili qölga olingan. Uning qöşimça qilişiça, birinçi şaxs Petrov va Boşirov, şuningdek, boşqa şaxslarning harakatlari haqidagi ma'lumotlarni xorijga sotib yuborgan bölişi mumkin.
Manbaning qayd etişiça, oçilgan jinoyat işlari Solsberida zaharlaş böyiça hodisada gumon qilingan şaxslar bilan boğliq emas.
«Ularda boşqa şaxslar böyiça axborot sizib çiqişi haqida gap boradi», - deya xulosa qilgan manba.
Eslatib ötamiz, avvalroq Anatoliy Çepiga yaşagan GRU yotoqxonasida xodimlarning farzandlari maxfiylaştirilgani, buning uçun ular 100 yoşga «qaritib qöyilgani» xabar berilgandi.


















