Özbekiston çempionatida ikkinçi bosqiç. «Paxtakor» 3ta gol ötkazdi va «Navbahor»ni yenga olmadi, «Lokomotiv» yaqqol peşqadam
|20:00 / 15.09.201815 3977 min
13 sentabr kuni futbol böyiça Özbekiston Pepsi Superligasining hal qiluvçi ikkinçi bosqiçiga start berildi.
Şu kuni ligada qoliş uçun kuraşadigan 4 jamoa özaro bellaşdi. Jumladan, «Qöqon-1912» öz uyida «Nasaf»ni qabul qildi. Uçraşuvda hisob 63-daqiqada oçildi. Gol muallifi Javohir Sidiqov. Oradan 7 daqiqa ötib, Bobir Abdixoliqov hisobni tenglaştirdi. Şu hisob öyin oxirigaça özgarmay qoldi. Natijada jamoalar bir oçkoli bölişdi.
Jizzaxda «Söğdiyona» «Qizilqum» jamoasiga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Mehmonlarning gollariga Ivan Nagayev va Artur Gevorkyan mualliflik qildi, jizzaxliklar jamoasi safida esa Şohruz Norxonov va Nikola Milinkoviç öz nomini tabloga yozdirib qöyişdi.
Endilikda «Qizilqum» qoliş uçun kuraşuvçilar guruhida 20 oçko bilan birinçi örinda, «Nasaf» 17 oçko bilan ikkinçi, «Qöqon-1912» 14 oçko bilan törtinçi, «Söğdiyona» esa 10 oçko bilan beşinçi örinda joylaşgan.
«Qizilqum»: Yevgeniy Çeremisin, Erkin Boydullayev, Alişer Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Şerali Jörayev, Elguja Grigalaşvili, Mirjalol Qosimov (Eldor Boymatov, 40), Ivan Nagayev (Nemanya Yovanoviç, 69), Salim Mustafoyev.
14 sentabr kuni Superliga 2-bosqiçi dastlabki turi davom ettirildi. Şu kuni çempionlik uçun kuraşuvçi 4 jamoa örtasida bellaşuvlar böli ötdi.
Bekobodda «Metallurg» Toşkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qildi. Bahs taqdirini Ikrom Aliboyev tomonidan 31-daqiqada urilgan yagona gol hal etdi. Şu tariqa, «temiryölçilar» hal qiluvçi bosqiçni ğalaba bilan boşladi va 21 oçko töplagan holda çempionlik uçun kuraşuvçilar guruhida yaqqol peşqadamlik qila boşladi.
Kunning ikkinçi öyini Namanganda keçib, «Navbahor» öz muxlislari qarşisida «Paxtakor»ni qabul qildi.
Bu bahsda muxlislar 6ta gol guvohi bölişdi - 3:3. Mezbonlardan Ayubxon Nö'monov, Azizbek Turğunboyev, Igor Golban öz hisobiga gol yozib qöygan bölsa, «Paxtakor»ning gollariga Dragan Çeran, Ismoil Gonsalveş va Farrux Sayfiyev mualliflik qildi. Toşkentliklar jamoasining bir goli inobatga olinmadi - 51-daqiqada, hisob 1:1 bölib turganida, «Paxtakor» yarimhimoyaçisi Çeranning uzoq masofadan yöllagan zarbasidan söng, töp darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi. Unga yetib kelgan Jaloliddin Maşaripov osonlik bilan darvozani işğol etdi. Biroq, boş hakam Aziz Asimov yon qanot hakami qaroriga köra, ofsayd qayd etdi.
Bu natijadan keyin namanganliklar jamoasi çempionlik uçun kuraşuvçilar guruhida 20 oçko bilan ikkinçi örinda, «Paxtakor» esa 18 oçko bilan uçinçi örinda joylaşgan.
Bugun, 15 sentabr sanasida Pepsi Superliga bahslari davom ettiriladi. Kun taqvimidan ikki uçraşuv örin olgan.
Ulardan birinçisida pastki oltilikdan joy olgan AGMK va «Neftçi» jamoalari özaro kuraş olib boradi. Olmaliqda ötadigan bahs 18:00 da boşlanişi belgilangan. Ikkinçi bosqiç arafasida OGMK qoliş uçun kuraşuvçilar guruhida 16 oçko bilan uçinçi örinda, «Neftçi» esa 7 oçko bilan oltinçi örinda joylaşgandi.
Ikkinçi uçraşuv esa çempionlik uçun kuraşayotgan jamoalar örtasida keçadi. Toşkentda «Bunyodkor» «Buxoro»ni qabul qiladi. Uçraşuv 20:00 da boşlanişi rejalaştirilgan. Ayni vaqtda «Bunyodkor» guruhda 14 oçko bilan törtinçi örinda, «Buxoro» esa 7 oçko bilan oltinçi örinda joylaşgan.