Farğona viloyati, Uçköprik tumani hokimligining Qişloq xöjaligi bölimi boş mutaxassisi S.Şukrullayev paxta terimi munosabati bilan tuman hududidagi sabzavot yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklariga har gektar yer maydoni uçun bir nafardan terimçi topib beriş şartini qöygani aniqlandi. Bu haqda «Kun.uz»ga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, Farğona viloyati prokuraturasiga Uçköprik tumanidagi «Qoraboyev Valijon Barnoxon» sabzavotçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaligi işçisi S.Valiyev tomonidan murojaat kelib tuşgan. Unga köra, tuman hokimligi vakili Şukrullayev tuman mansabdor şaxslarining aniq körsatmalari bölmagan holda, fermerliklar vakillariga qönğiroq qilib, fermerlar har gektar maydoni hisobiga bir nafardan terimçi jalb etişi haqida topşiriq bölganini aytgan.
Farğona viloyati prokuraturasi mazkur holatga e'tibor qaratgan va qisqa vaqt içida tegişli çora körilgan.
Tuman qişloq xöjaligi bölimi boşliğining 52-sonli buyruğiga asosan fermerlarga asossiz talab qöygan Şukrullayevga nisbatan «hayfsan» intizomiy çorasi berilgan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasining 30.08.2018 yilgi 703-sonli Qarori 2-bandida paxta-yiğim terimida iş kuçi yetişmovçiligi mavjud bölganda tuman hokimliklari va tuman fermer kengaşlarining buyurtmalariga asosan bandlikka kömaklaşiş markazlari tomonidan qöşimça terimçilar ixtiyoriy ravişda jalb etilişi belgilangan.


















