10:00 / 16.09.2018
48852

Golovkin barcha kamarlaridan mahrum bo‘ldi

15 sentabr oqshomida Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada professional boks bo‘yicha yilning muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tdi.

O‘rta vaznda (-72,6 kg) WBA, WBC, WBA Super va IBO yo‘nalishlarida jahon chempioni, shu vaqtga qadar hech bir jangida mag‘lub bo‘lmagan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin The Ring versiyasi bo‘yicha vazn toifasidan qat'i nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblangan meksikalik Saul Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raund davom etgan jangda Alvares birinchi raqam ostida harakat qildi va yakunda hakamlarning ochkolariga ko‘ra g‘alaba qozondi. Ikki hakam Alvaresning 115-113 hisobidagi ustunligini qayd etdi, uchinchi hakamning bahosi esa durang bo‘ldi - 114-114.

Bokschilarning bir yil muqaddam o‘tgan jangida durang natija qayd etilgandi.

Shu tariqa, Golovkin professional ringdagi faoliyatida ilk mag‘lubiyatidan keyin barcha kamarlarini boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gennadiy Golovkin IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvonidan mahrum qilingani xabar berilgandi

Mavzuga oid
Top